Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Germaniya kansleri Fridrix Mers tarixni yetarlicha tushunmasligini va amalda Germaniyani yana urushga tayyorlayotganini aytdi. Bu haqda u RT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Lavrovning ta’kidlashicha, Angela Merkel rahbarligidagi nisbatan tinch davrdan so‘ng, shuningdek, Olaf Shols kansler bo‘lgan paytda, Fridrix Mersning hokimiyatga kelishi bilan Germaniyada ancha beqaror davr boshlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mers tomonidan yangrayotgan qator qat’iy bayonotlar jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.
Shuningdek, vazir harbiy xarajatlarga oid konstitusiyaviy cheklovlarni aynan Mers bekor qilganini eslatib, kanslerning bu harakatlarini Germaniyani urushga tayyorlash sifatida baholadi.