Mamlakatda elektr uzatish tarmoqlarini tekshirish uchun dronlardan foydalanuvchi "Sadales tikls" kompaniyasi operatorlari mahalliy aholi tomonidan tajovuzga duch keldi.
Bu haqda kompaniya vakili Diana Gause ma’lum qildi, deb yozadi "Otkrito" portali.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi dronlarga tosh va tayoqlar otgan, ularni shlang bilan suv oqimi yordamida urib tushirishga uringan, shuningdek, operatorlarga tahdid qilgan. Bunday holatlarga odamlarning o‘z yer uchastkalari ustidan xorijiy yoki harbiy dronlar uchib o‘tishi mumkinligidan xavotirda ekani sabab bo‘lgan.