Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

“Lasetti”dagi 57,3 million so‘mlik sifatsiz tovarlar to‘xtatib qolindi

A A A
“Lasetti”dagi 57,3 million so‘mlik sifatsiz tovarlar to‘xtatib qolindi

Tovar moddiy boyliklarini yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida tuman hududi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan fuqaro B.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli yengil avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 57,3 million so‘mlik atir va alpinistlar uchun anjomlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

Kiritildi: 09:41 26.03.2020. O'qildi: 2074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!