Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Lamin Yamal dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilarini nomini aytdi

Lamin Yamal dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilarini nomini aytdi

"Barselona" jamoasi vingeri Lamin Yamal dunyoning eng yaxshi futbolchilari haqida fikr bildirdi. 17 yoshli futbolchi "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Usmon Dembele va Londonning "Arsenal" klubi vingeri Bukayo Sakaning o‘yinini alohida ta’kidladi.

"Hozir, agar "Barselona" futbolchilarini hisobga olmasak, menimcha, Usmon Dembele va Bukayo Saka juda yaxshi o‘ynamoqda", — deya Yamalning so‘zlarini "Goal" portali keltirmoqda.

Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalarda jami 51 ta uchrashuvda qatnashib, 15 ta gol va 24 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati €180 mln ni tashkil etadi.

Kiritildi: 06:59 10.05.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!