"Barselona" superyulduzi Lamin Yamal klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Relevo nashri xabariga ko‘ra, 17 yoshli ispaniyalik futbolchi yozda 18 yoshga to‘lganidan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekadi.
Yamal hozirda Transfermarkt portalida 180 millionga baholanmoqda.
U joriy mavsumda 49 ta o‘yinda 15 ta gol urib, 24 ta assist berdi.