Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Lamin Yamal 2024/25 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Lamin Yamal 2024/25 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Lamin Yamal Marca talqini bo‘yicha mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Barselona" vingeri Los 100 de Marca ovoz yig‘ishida birinchi o‘rinni egalladi. Unda 133 nafar ekspert, jumladan, Ispaniya va boshqa mamlakatlardan Marca va boshqa ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, shuningdek, sobiq futbolchilar va murabbiylar ishtirok etdi.

Hammasi bo‘lib 100 nafar o‘yinchi mukofotga nomzod bo‘ldi, ular orasidan har bir sharhlovchi o‘zining eng yaxshi 10 nafar nomzodini tanladi. Bu futbolchilarga ma’lum miqdorda ball berilgan: birinchi o‘rin uchun 30, ikkinchi o‘rin uchun 25, uchinchi o‘rin uchun 23 ball.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Yamal 3310 ball to‘pladi. Birinchi o‘nlik quyidagicha ko‘rinishga ega:

1. Lamin Yamal («Barselona») – 3310;

2. Usmon Dembele («PSJ») – 3100;

3. Vitinya («PSJ») – 2732;

4. Rafinya Dias («Barselona») – 2467;

5. Kilian Mbappe («Real») – 2292;

6. Pedri («Barselona») – 2035;

7. Muhammad Saloh («Liverpul») – 2022;

8. Ashraf Xakimiy («PSJ») – 1371;

9. Nunu Mendesh («PSJ») – 1162;

10. Djanluidji Donnarumma («PSJ») – 1070.

Kiritildi: 23:17 25.07.2025. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!