Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

“Lamborghini” yagona nusxadagi avtomobilini 117 mln dollarga sotdi

“Lamborghini” yagona nusxadagi avtomobilini 117 mln dollarga sotdi

“Lamborghini” yagona “Egoista” konsept avtomobilini Shveysariyalik noma’lum xaridorga rekord darajadagi $117 mlnga sotdi, deya xabar berdi “Supercar Blondie” nashri.

Bungacha eng qimmat “Lamborghini” avtomobili kimoshdi savdosida $8,3 mlnga sotilgan “Veneno” rodsteri hisoblanadi. Biroq, “Egoista” modelini sotish bo‘yicha bitim amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotni mustaqil ravishda tasdiqlash imkoni yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

“Egoista” konsepti 2013 yilda “Lamborghini"ning 50 yilligiga bag‘ishlab taqdim etilgan. Avtomobil qiruvchi samolyot kabinasiga o‘xshash oyna bilan yopilgan bir o‘rinli kokpit atrofida qurilgan. Bunda haydovchi kokpitga kirishi yoki undan chiqishi uchun avval rul chambaragini yechib olishi kerak.

Yagona nusxadagi “Lamborghini” “Egoista” 5,2 litrli V10 dvigateli bilan harakatlanadi, uning quvvati 447 kVt (608 ot kuchi)ga teng.

Dastlab “Lamborghini” avtomobilni sotishni rejalashtirmagan. So‘nggi 12 yil davomida u Sant-Agata-Bolonezdagi kompaniya muzeyida saqlangan.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!