Hali-hamon Real hamda Real Sosyedad jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda yuzaga kelgan vaziyatlar bahs-munozara markazidan tushmayapti.
Xususan, bosh hakamning ikki-uch vaziyatda Real zarariga qaror chiqargani ta’kidlanmoqda. Hakamning hatto VAR tizimiga murojaat qilmagani, videotakrorlarni kuzatib turgan hakamlarning ham hech qanday fikr bildirmagani tanqid qilingandi. Modrich esa VARning Real ga qarshi ishlayotganini aytib o‘tgandi.
Buni qarangki, yaqinda bir video tarqaldi. Unda Real ning Eybar ga qarshi o‘yini vaqtida videotakrorlar tizimida ishlagan hakamlarning holati aks etgan. Ular Eybar ning golini quvonch bilan nishonlashgan. Aftidan, VAR tizimida ishlaydigan hakamlar Real ni xushlashmaydi, shekilli. Yaxshisi, videoni o‘zingiz ko‘ring.
Para refrescar la memoria Munuera Montero, el rbitro de hoy es el que celebr su acierto al anularnos un gol contra el Eibar. Que raro no? pic.twitter.com/YdLSduDE4k
Azuzurr n (@Pisitar) 6 yanvarya 2019 g.