Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

La Liga. Yangi mavsumda "El Klasiko" qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

A A A
La Liga. Yangi mavsumda "El Klasiko" qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Payshanba kuni Ispaniya chempionatining yangi taqvimi e’lon qilindi. Avvalroq 13 avgust kuni boshlanadigan birinchi tur o‘yinlari bilan tanishtirgan edik. Endi La Liganing yangi mavsumida "Real" va "Barselona" qachon o‘zaro kurash olib borishiga e’tibor qaratish lozim.

Yangi mavsumdagi birinchi "El Klasiko" "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi, unda "Barselona" "Real"ni qabul qiladi. Bu 29 oktyabr kuni 11-turda sodir bo‘ladi.

Ikkinchi bellashuv 32-tur kuni Madridda “Real” va “Barselona” o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ushbu bahs 2024 yilning 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 yilgi Ispaniya chempionatida "Barselona" chempion bo‘lgan, "Real" esa ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Kiritildi: 17:29 22.06.2023. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!