Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

La Liga. «Real»dan irodali g‘alaba

A A A
La Liga. «Real»dan irodali g‘alaba

La Liga 30-turining markaziy o‘yinlaridan biri San-Sebastyanda yakunlandi. «Real Sosyedad» mehmoni bo‘lgan «Real» Madrid 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Serxio Ramos va Karim Benzemaning gollariga o‘yin yakunida Mikel Merino birgina gol bilan javob qaytardi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Real»ning ochkolari soni 65taga yetdi va Zidan jamoasi o‘zaro o‘yindagi ustunlik sabab «Barselona»ni ortda qoldirib chempionat yetakchisiga aylandi.

La Liga. 30-tur

Real Sosyedad – Real Madrid 1:2
Gollar: Merino (83) – Ramos (50, penalti), Benzema (70).
Real Sosyedad: Remiro, Lyorente, Monreal, Gorosabel (Elustondo, 60), Le Norman, Merino, Subeldiya (Subimendi, 80), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Edegor (Lopes, 79), Portu, Isak (Villian Joze, 79).
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Varan, Kroos, Valverde (Modrich, 89), Xames (Asensio, 78), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 78).
Ogohlantirishlar: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lyorente (48).

Kiritildi: 07:07 22.06.2020. O'qildi: 2988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!