Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

La Liga klublari o‘tgan mavsum qancha daromadga ega bo‘lgan?

La Liga klublari o‘tgan mavsum qancha daromadga ega bo‘lgan?

Ispaniya Primerasi klublari teletranslyasiyalar sotuvidan 1,351 mlrd yevro daromadga ega bo‘ldi.

Qoidalarga ko‘ra, bu mablag‘ning yarmi roppa-rosa 20 ta klub o‘rtasida taqsimlanadi, bu har bir jamoa uchun 33,77 mln yevroni tashkil qiladi.

Qolgan daromad summasi jamoalarning mavsumdagi natijalariga qarab bo‘linadi: 25 foizi turnir jadvalidagi o‘rni bo‘yicha, qolgan 25 foizi chiptalar sotuvi, abonementlar va jonli efirdagi tomoshabinlar soni bo‘yicha. Bundan tashqari, yevrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar qo‘shimcha bonuslar oladi.

Shu tariqa "Barselona" eng ko‘p – 109,8 mln yevro ishlab topgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda "Real" nisbatan kamroq – 103 mln yevro oladi.

Kiritildi: 17:26 28.05.2025. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!