Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

La Liga futbolchilari bosh ko‘tarmoqchi

La Liga futbolchilari bosh ko‘tarmoqchi

Ispaniya chempionati klublari futbolchilari "Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvining AQSh hududida o‘tkazilishiga norozilik bildirishga qaror qildi. Bu haqda Marca portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchilar o‘yinlar boshlanishining dastlabki 15 daqiqasida hech qanday harakatni amalga oshirmaydi. Ispaniya futbolchilari assosiasiyasi allaqachon bu ishda "Barselona" va "Vilyarreal" futbolchilari ishtirok etmasligini ma’lum qilgan, chunki bu ma’lum bir klubga qarshi harakat sifatida talqin qilinishi mumkin.

Avvalroq, FIFA reglamentni o‘zgartirishning qonuniy asoslangan variantlarini ko‘rib chiqayotgani, ular tufayli milliy ligalar o‘yinlarini boshqa mamlakatlarda o‘tkazishni butunlay taqiqlash mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 09:58 18.10.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!