Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

La Liga. Bellingem so‘nggi daqiqalarda gol urib "Real"ga "Barselona" ustidan g‘alaba keltirdi

A A A
La Liga. Bellingem so‘nggi daqiqalarda gol urib "Real"ga "Barselona" ustidan g‘alaba keltirdi

Ispaniya La Ligasi 32-turidan o‘rin olgan "Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.Mazkur bahda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Avvaliga mehmonlar futbolchisi Kristensen tezkor gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, Vinisius penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Fermin Lopes "Barsa"ni oldinga olib chiqdi, ko‘p o‘tmay Vaskes yana hisobni tenglashtirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Jud Bellingem gol urib, "qirollik klubi"ga g‘alabani taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, "Real" ushbu g‘alabadan keyin 81 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Barselona"da esa 70 ochko mavjud.

Kiritildi: 02:15 22.04.2024. O'qildi: 1999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!