"Barselona" o‘z maydonida Ispaniya La Ligasining 13-turida "Atletik"ni mag‘lub etdi - 4:0.
Kataloniyaliklar safida Ferran Torres dublni (45+3- va 90+1-daqiqalar) rasmiylashtirdi. Robert Levandovski (4) va Fermin Lopes (48) yana bittadan gollarga mualliflik qildi.
"Barselona" (31) qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Real"ni (31) ortda qoldirib, La Liga peshqadamiga aylandi, ammo madridliklarda zaxira o‘yini bor.
"Atletik" (17) turnir jadvalida sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi.
Ispaniya chempionati. La Liga. 13-tur
22 noyabr, 20:15. «Camp Nou»
Barselona - Atletik - 4:0
Gollar: Levandovski, 4 (1:0). Torres, 45 (2:0). Fermin Lopes, 48 (3:0). Torres, 90 (4:0)
Barselona: X. Garsiya, Martin, E. Garsiya (Bernal, 74), Kubarsi, Kunde, Torres, Olmo (Rafinya, 81), Fermin Lopes (Kasado, 64), Balde (Arauxo, 46), Levandovski (Fernandes, 64), Yamal
Atletik: Simon, Berchiche, Lyaport, Vivian, Gorosabel, Xauregisar (Vesga, 68), Ruis de Galarreta (Rego, 55), Uilyams (Navarro, 56), Sanset, Berenger (Boyro, 68), Gomes (Guruseta, 56)
Ogohlantirishlar: Ruis de Galarreta, 43. Gorosabel, 73
Chetlatish: Sanset, 54