Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

La Liga. «Barsa» «Ovyedo»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yana peshqadamga aylandi (VIDEO)

La Liga. «Barsa» «Ovyedo»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yana peshqadamga aylandi (VIDEO)

Ispaniya chempionatining 21-turida "Barselona" o‘z maydonida "Ovyedo"ni mag‘lub etdi - 3:0.

Gollarga ikkinchi bo‘limda Rafinya, Lamin Yamal va Dani Olmo mualliflik qildi.

Kataloniyaliklar ochkolarini 52taga yetkazib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib oldi. Ikkinchi o‘rindagi "Real" hisobida 51 ochko mavjud.

"Ovyedo" chempionatdagi g‘alabasiz seriyasini 14 o‘yinga yetkazdi - yettitadan g‘alaba va durang. 13 ochkoga ega klub turnir jadvalini yakunlab beradi.

Barselona - Ovyedo - 3:0
Gollar: Olmo, 52 (1:0). Rafinya, 57 (2:0). Yamal, 73 (3:0)
Barselona: X. Garsiya, Martin (Kunde, 46), E. Garsiya, Kubarsi, Joau Kanselu (Balde, 60), Olmo (Bernal, 75), de Yong, Kasado, Rafinya (Fermin Lopes, 60), Levandovski, Yamal (Bardji, 79)
Ovyedo: Eskandel, Lopes, Karmu, Kostas, Axyado (Vidal, 66), Shayra, Kolombatto (Kasorla, 82), Sibo, Xassan (Brekalo, 82), Vinyas (Borbas, 82), Reyna (Fonseka, 66)
Ogohlantirishlar: Martin, 9 - Eskandel, 33. Kostas, 43

Kiritildi: 23:32 25.01.2026. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!