Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Kutilmagan yechim: Azondan shikoyat qilgan ayol nohaqmi?

Kutilmagan yechim: Azondan shikoyat qilgan ayol nohaqmi?

Kuni kecha poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi masjidda sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida xabar bergan edik. Musulmon ayolning masjidga kirib aytilayotgan azondan shikoyat qilgani ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Ayrimlar bu ayolning e’tiqodi borasida shubhaga borishga jazm qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizga eng ko‘p ma’qul bo‘lgan qarash - har qanday kelishmovchilikda aybni avvalo o‘zimizdan izlashimiz kerakligi haqidagi mulohaza bo‘ldi. Darhaqiqat, azon ovozi qalblarga kirib bormayotgan ekan, demak biz bu amalni to‘g‘ri amalga oshirmayapmiz. 

Islomshunos olim Mubashshir Ahmad bu to‘g‘rida go‘zal bir post qoldirdi. Quyida ushbu postni e’tiboringizga havola qilamiz:

"Toshkent shahrining ko‘p masjidlarida azon ovoz kuchaytirgichlarda aytilmayotgan bir paytlarda ham Chirchiq shahrida aytilardi. Hozir o‘ylab ko‘rsam, sabablaridan biri - azon chiroyli qilib aytilar ekan. Hatto bir o‘ris kampir masjid oldidan o‘tib ketayotib: "Kak vi krasivo poyote, osobenno, po utram", degan edi.

(Abdul Azim Ziyouddin)

O‘zbekiston masjidlarining mutasaddilari jiddiy e’tibor qaratishlari kerak bo‘lgan mavzu. Chiroyli azon uchun ikki narsa muhim:
1. Yoqimli ovoz.
2. Azonni to‘g‘ri aytish. 
Agar unchali qiyin bo‘lmagan bu masalani yechilsa, kechagidek yoqimsiz holatlar bo‘lmas edi", - deb yozadi Mubashshir Ahmad.

Barchamizga iymon halovati nasib qilsin.

Kiritildi: 12:04 14.08.2019. O'qildi: 4711 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!