Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Kusherbayev: "Xalqni norozi qilib kelgan G‘ofurjon Mirzayev Prezidentga yaxshi maslahatchi bo‘la olishiga ishonmayman..."

Kusherbayev: "Xalqni norozi qilib kelgan G‘ofurjon Mirzayev Prezidentga yaxshi maslahatchi bo‘la olishiga ishonmayman..."

Bugun, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlanganini ma’lum qilingan edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev yangi maslahatchi bo‘yicha shaxsiy mulohazalarini e’lon qildi.

"Sirdaryoda Sardoba suv ombori talofatidan jabr ko‘rgan tadbirkorlarga kompensasiya pullarini to‘liq qoplab bermagan, Prezident Administrasiyasi topshiriqlarini ham bajarmay, tadbirkorlarni norozi qilib kelgan G‘ofurjon Mirzayev Prezidentga maslahatchi bo‘libdi.

U davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchi hisoblanadi. Ochig‘i men hech kutmagandim, "shok"daman.

Bu kishini tadbirkor va fuqarolarni norozi qilib kelgani uchun ko‘p tanqid qilganman va ularning Prezidentga yaxshi va xolis maslahatchi bo‘la olishiga ishonmayman. Ko‘ramiz G‘ofurjon Mirzayev yangi lavozimidan foydalanib o‘zini tanqid qilganlarga bosim o‘tkazib, ishdan chetlatishni boshlaydimi yo‘qmi. Mayli o‘lmasak ko‘raveramiz", - deya yozib qoldirdi faol deputat.

Kiritildi: 19:44 25.11.2022. O'qildi: 6644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!