Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kusherbayev: "Otabek Umarovning sog‘ligi masalasi ko‘proq siyosiy qolipga ko‘chirilyapti"

Kusherbayev: "Otabek Umarovning sog‘ligi masalasi ko‘proq siyosiy qolipga ko‘chirilyapti"

O‘zbekiston so‘nggi yillarda erishgan, ko‘pchilik tan oladigan natijalardan biri - axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, davlat organlarining ochiq va jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish yo‘lidagi real qadamlar bo‘ldi. 

Bu o‘zgarishlar albatta muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va davlat boshqaruvi apparati kursini jamoatchilik fikrini tinglash, o‘zaro muloqot prinsipiga yo‘naltirishga qaratilgan qat’iy pozisiyasi bilan bog‘liq. Bu kurs o‘zgarmadi va qat’iy turibdi. 

Afsuski so‘z va axborot erkinligi jamiyat taraqqiyoti uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, turli maqsadlardagi boshqa shaxslarning ham faol fuqaro qiyofasida o‘z rejasini amalga oshirishda qulay vositasiga aylanadi. Chunki axborot orqali butun bir jamiyatni boshqarish mumkin. 

Va afsuski so‘nggi kunlarda O‘zbekistonga doir ayrim tarqatilayotgan axborotlar maqsadi  ham bizda havotirli savollar paydo qilmoqda. 

Eng yomoni bu harakatlar aynan so‘z erkinligini ta’minlashda siyosiy irodasida qat’iy turgan muhtaram Prezident va ularning oila a’zolari bilan bilvosita bog‘lashga urg‘u berilayotgani eng kamida ushbu mamlakat va xalqqa do‘st bo‘lmagan kishilarning urinishi ekanligini ko‘rsatmoqda. Maqsad - obro‘sizlantirish. 

Qizig‘i bu ishlar O‘zbekistonda ayni  saylov yilida kuchayayotgani "mashina" o‘z maqsadi yo‘lida faol  ishlayotganini anglatadi. 

Istaymizmi yo‘qmi har qanday axborot tekshirilishi bilan o‘z  haqqoniy qiymatiga ega. 

Gap nimalar haqida ketayotganini yaxshi tushunib turibmiz menimcha. 

Bir narsa aniqki, biror rasmiy idoraning ma’lumoti e’lon qilinmaguncha turli tahmin va fikrlarni asos yohud yuridik fakt sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. 

Menimcha axborot tarqatishda chegara va makon tushunchasi yo‘qolib borayotgan bir vaqtda har qanday axborot ketidan ishonib ketaverish jamiyatni manipulyasiya qilinayotganini anglatadi. Va biz buni yaxshi anglab turibmiz. 

Hurmatli Otabek Umarovning sog‘ligi masalasi ham afsuski so‘nggi vaqtlarda ko‘proq siyosiy qolipga ko‘chirilayapti? Ochig‘i tushunmayapman: bir kishining avtohalokatga uchrashi va davolanishi shunchalar g‘ayritabiiy xodisami. Bu holatga har kim ham tushishi mumkin. Lekin bu voqealarga ham vahimali va siyosiy tus berilishi oddiy o‘quvchiga tushunarsiz bo‘lsa biz uchun aniq maqsad yo‘lidagi harakat bo‘lib ko‘rinayapti... 

Bilmadim, lekin men bu o‘rinda u kishiga sog‘liq tilagan bo‘lardim. Har qalay hammamiz ham issiq jon: kimgadir farzand, ota, ona, aka, uka jondoshmiz.

Rasul Kusherbayev, deputat

Kiritildi: 09:45 05.03.2021. O'qildi: 10248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!