Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiya harbiylarining bir kun avval Kupyanskka uyushtirgan barcha hujumlari qaytarilganini ma’lum qildi. Xarkov viloyatidagi shahar Ukraina harbiylari nazorati ostida.
«Rus bosqinchilari Kupyanskga kira olmadilar. Shahar Ukraina Qurolli kuchlari nazoratida», — dedi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi spikeri Andrey Kovalyov «Ukrinform»ga bergan izohida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni tushdan keyin ruslar Kupyanskiy yo‘nalishida mudofaani yorib o‘tishga uringan va 15 ga yaqin texnikadan foydalangan holda to‘rtta to‘lqinda ukrainalik harbiylarning pozisiyalariga hujum qilgan. Ukraina bo‘linmalari oldinga siljishni to‘xtatib, barcha zirhli texnikalar va hujum qilayotgan kuchning muhim qismini yo‘q qildi, dedi Kovalev.