Prezidentimiz energetika sohasida erishilayotgan katta yutuq va marralarda salohiyatli investorlar va ishonchli sheriklarimizning beqiyos hissasi borligini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari yurtimizga katta sarmoya kiritayotgan va eng ilg‘or texnologiyalarni olib kelayotgan hamkor mamlakatlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Saudiyaning “ACWA Power”, Turkiyaning “AKSA”, “Cengiz Enerji”, Amirliklarning “Masdar”, Xitoyning “China Energy”, “Datang”, “Sinoma”, “Poly”, “CNTIC”, “Eagle Rise”, Fransiyaning “EDF”, “Voltalia”, “Total Energies”, Germaniyaning “Siemens Energy” va Qatarning “Nebras” kompaniyalariga, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa moliya institutlari vakillariga chuqur tashakkur izhor etildi.