Bu haqda Clash Report xabar bermoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Fransiya, Avstraliya, Yaponiya, Germaniya va Xitoy bu taklifni rad etgan. Buyuk Britaniya unda qisman ishtirok etishga rozi bo‘lgan, Janubiy Koreya esa tashabbusni ko‘rib chiqishini bildirgan.
"Italiya bu boradagi muhokamalarda qatnashdi, biroq hech qanday majburiyat olmadi. Hindiston esa koalisiyaga qo‘shilmaslikka qaror qildi. Nyu-Dehli Eron bilan o‘z tankerlarini mustaqil ravishda kuzatib borishni ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda", deyiladi xabarda.
Avvalroq, Tramp "Ko‘plab davlatlar allaqachon menga Ho‘rmuz bo‘g‘ozi tomon o‘z kuchlarini yuborayotganini ma’lum qildi. Ba’zilar buni katta ishtiyoq bilan qilmoqda, boshqalari esa unchalik emas" deya bayonot bergan edi.