Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari egalariga yetib bormadi

Ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari egalariga yetib bormadi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, dorifurushlar tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasining noqonuniy muomilasi oldi olindi.

Xususan, Andijon shahri hududida avtohalokatga uchragan “CHANGAN SL03” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salon qismida 5071 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi vositasi borligi aniqlanib, prosessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 251 prim 1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar O‘zbekiston fuqarolari gumondor tariqasida jinoyat ishiga jalb qilindi.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:01. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!