Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi

Ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi

⚠️ Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi, 1994 y.t. shaxsga tegishli Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda qilingan 2797 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

❗️ Hurmatli fuqarolar! Kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilish sog‘liq uchun xavfli hisoblanadi. U organizm uchun jiddiy muammolar va hatto kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi. Yurak xuruji, asab tizimidagi buzilishlar va ichki a’zolarni ishdan chiqarishga olib keladi. Eng ayanchlisi, u o‘lim holatiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, yurtimizda bunday moddalarning noqonuniy aylanmasi va reseptsiz sotilishi qat’iyan ta’qiqlanib, javobgarlik belgilangan.

Kiritildi: Bugun 07:14. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!