Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning yangi tartiblari belgilandi

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning yangi tartiblari belgilandi

«Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi Qonun prezident tomonidan imzolandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Qonunda ko‘p kvartirali uy, umumiy mol-mulk kabi tushunchalar ochib berildi.

Jumladan, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yo‘laklariga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmui ko‘p kvartirali uy hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida belgilanadi.

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish quyidagilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin:

  • bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan;
  • yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi tomonidan shartnoma asosida;
  • bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlarining shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot tomonidan.

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.

Agar umumiy mol-mulkning boshqa shaxsga berilishi yoki foydalanish uchun o‘tkazilishi boshqa mulkdorlarning o‘z mulk huquqlarini amalga oshirishini cheklaydigan bo‘lsa, u boshqa shaxsga berilishi yoki foydalanish uchun o‘tkazilishi mumkin emas.

Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 maygacha Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va  Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda ushbu Qonun normalarini aprobasiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazadi.

Huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha 2020 yil 1 iyunga qadar bo‘lgan muddatda ushbu Qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga taklif kiritiladi.

Ushbu Qonun 2020 yil 1 avgustdan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 21:02 08.11.2019. O'qildi: 1639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!