Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar ko‘paygan

Ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar ko‘paygan

So‘nggi vaqtlarda Raqobat qo‘mitasiga ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar ko‘paygan. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 1700 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Ko‘rilgan choralar natijasida 20 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Ushbu holatlar yuzasidan respublikadagi 129 ta quruvchi korxonalarning shartnomalari tahlil qilinganda ko‘plab kamchiliklar borligi aniqlandi.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga asosan, davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlashi, iste’molchi sotuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarda qonunchilikda nazarda tutilgan o‘z talablari qanoatlantirilishi uchun ustuvor huquqqa egaligi belgilangan.

Qo‘mita uy-joy sotib olishda shartnoma shartlari bilan batafsil tanishib chiqishni, asosiy jihatlar ya’ni qurilish muddatlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, ularning o‘zaro mutanosibligi, qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, muddatlar yuzasidan javobgarlik nazarda tutilganligiga, kompaniyaning ish tajribasi va quruvchining ishonchliligiga ishonch hosil qilishni so‘rab qoladi. Bunda elektron ro‘yxat va “Shaffof qurilish” tizimida mavjudligini ochiq manbalardan tekshirish mumkin.

Kiritildi: 18:10 23.12.2024. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!