PNAS jurnalida chop etilgan xalqaro tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, rivojlangan mamlakatlardagi odamlar kam harakat qilgani uchun emas, balki yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilgani uchun semirishmoqda.
Olimlar butun dunyo bo‘ylab 4213 nafar ishtirokchi ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Jami kunlik energiya sarfini o‘lchashdi va uni tana massasi indeksi va tana yog‘i foizi bilan solishtirishdi.
Boy mamlakatlar aholisi ko‘proq yog‘li taomlar yeyishadi va ortiqcha vazndan qiynalishadi. Ammo ularning umumiy energiya sarfi o‘rtahol va kamxarj odamlarnikidan yuqori. Demak, semirish sababi faollikning pasayishi bilan emas, balki birinchi navbatda noto‘g‘ri ovqatlanish - ortiqcha kaloriya va qayta ishlangan oziq-ovqatlarning yuqori miqdori bilan izohlanadi.
Xulosa shu bo‘ldiki, jismoniy faollik salomatlik uchun muhim, ammo semirishga qarshi kurashda asosiy omil ovqatlanishni nazorat qilish va kundalik rasiondagi ultra qayta ishlangan oziq-ovqatlar ulushini kamaytirishdir. Rasiondagi yog‘larning tarkibi metabolizmga va ortiqcha vazn to‘planishiga bevosita ta’sir qiladi.