Xonanda Lolaning shaxsiy hayoti muxlislari uchun doimo qiziq bo‘lib kelgan. Sababi, xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqda sahifasida ikkinchi marta turmush qurgani, oilaviy baxti haqida ko‘p marta postlar qoldirgan. Ammo, xonanda turmush o‘rtog‘ining kimligi, to‘y marosimi qachon va qayerda bo‘lib o‘tganini qattiq sir saqlab kelayotgan edi. Nihoyat, Lola o‘z sirlarini oshkor qildi. 34 bahorni qarshilagan Lola Yo‘ldosheva o‘z sahifasida to‘y libosidagi suratini e’lon qildi.
Uzoq vaqtdan beri shu fotoni qo‘yishni istardim , - deb post qoldirgan Lola.
Suratda qaymoq rangli dabdabali to‘y ko‘ylagini kiygan Lola fotosuratchilar qarshisida to‘y albomi uchun suratga tushmoqda. Lolaning atrofida singlisi hamda oppoq ko‘ylakdagi qizi ham bor. Lolaning yaqinlari qurshovida to‘y ko‘ylagini kiygani oilaviy marosim tashkil etilganidan darak beradi.
Eslatib o‘tamiz, Lola 2005 yilda ilk bor turmushga chiqqan va 2007 yilda qizi Shaxina hamda 2009 yilda o‘g‘li Diyor dunyoga kelgan.
Xonandaga Aniq.uz tahririyati nomidan oilaviy baxt tilaymiz.