Kataloniyaning “Barselona” klubi 2002 yildan beri “Rayo Valyekano”ga mag‘lub bo‘lmagandi. Eslatib o‘tamiz, "Barsa" 27 oktyabr kuni Ispaniya chempionati navbatdagi turida Madrid klubiga imkoniyatni boy berdi.
"Rayo"ga qarshi omadsiz o‘yindan so‘ng "Barsa" gollandiyalik murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqardi. Kataloniya rahbariyatining sabri tugadi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Kuman o‘rniga Xavi Ernandes yoki Belgiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Roberto Martines keladi.