Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Ko‘kdalada 100 dan ortiq ko‘k tol daraxtlari noqonuniy kesilgan

Ko‘kdalada 100 dan ortiq ko‘k tol daraxtlari noqonuniy kesilgan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va Bosh prokuratura hamkorligida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro O.N. tomonidan Ko‘kdala tumani "Sho‘rquduq" MFY hududidagi yer maydonida 103 tup ko‘k tol daraxti noqonuniy tarzda butunlay kesilganligi aniqlandi.

Natijada tabiatga 763 million 125 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi. Tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 21:22 12.03.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!