Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Ko‘kdala va Kitobda fuqarolarning 921,2 mln so‘mini qo‘lga kiritgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

A A A
Ko‘kdala va Kitobda fuqarolarning 921,2 mln so‘mini qo‘lga kiritgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.I.” MCHJ rahbari J.X. “Oltin dala” MFY hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uy xonadonlarini sotishda 4 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida to‘langan mablag‘lar evaziga ularga xonadonlarini rasmiylashtirib bermasdan jami 457,2 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.S.” MCHJ rahbari M.A. fuqarolarga o‘zi rahbarlik qilayotgan MCHJ tomonidan shartnoma asosida mijozlarga oson va qisqa muddatlarda avtomashinalarni yetkazib berayotganligini aytib, 3 nafar fuqaroga 2 oy muddatda “Tracker”, “Cobalt” va “Damas” rusumli avtotransport vositalarini olib berishi evaziga ularning jami 464 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:37 18.03.2024. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!