Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ko‘kdala tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Ko‘kdala tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.S. “Qumdaryo” MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil qilib, iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 200 litr yog‘, 166 kg. paxta chigiti va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:18 13.11.2025. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!