Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ko‘kdala tumanida aholi va ijtimoiy soha muassasalariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan suyultirilgan gazni sotayotgan shaxslar ushlandi

Ko‘kdala tumanida aholi va ijtimoiy soha muassasalariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan suyultirilgan gazni sotayotgan shaxslar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.G.S.” MCHJ rahbari D.K. fuqaro M.X. bilan o‘zaro til biriktirib, unga aholi va ijtimoiy soha muassasalariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 10 200 kg. suyultirilgan gazni 76,5 mln so‘mga sotishga kelishib, “Kamaz” rusumli gaz tashuvchi yuk avtomashinasiga 10 360 kg. suyultirilgan gazni yuklab bergan vaqtida ushlanib, fuqaro A.F.ning avtomashinasidan 35 mln so‘m va 2 000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:20 06.11.2025. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!