"Real"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Santyago Solari Karlo Anchelotti o‘rnini egallashi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Los-Blankos"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Solari hozirda klubda futbol direktori lavozimida ishlaydi. Futbolchilik faoliyati davomida u "Real" bilan ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va bir marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Faoliyatini yakunlagach, Madridning yoshlar va o‘rinbosarlar jamoalariga ustozlik qilgan. 2018 yilda Solari bosh murabbiy vazifasini bajargan.
Madridning “Real” klubi finalda BAAning “Al-Ayn” klubini mag‘lub etib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Endi argentinalik mutaxassis bu yutug‘ini takrorlashi mumkin.