Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

KO‘JCH. 1/4 finalning barcha juftliklari va o‘yinlar boshlanish vaqtlari bilan tanishing

KO‘JCH. 1/4 finalning barcha juftliklari va o‘yinlar boshlanish vaqtlari bilan tanishing

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/8 finalning so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Madridning "Real" klubi Gonsalo Garsiyaning goli evaziga Turinning "Yuventus" klubini minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, keyinroq Seru Girassining dubli evaziga Dortmundning "Borussiya" klubi Meksikaning "Monterrey" klubini yengdi (2:1). Shunday qilib, keyingi bosqichda "qaymoqranglilar" va "asalarilar" bir-biriga qarshi maydonga chiqadi.

KO‘JCH-2025 chorak finalining barcha o‘yinlar jadvali (Toshkent vaqti bilan):

"Fluminense" - "Al-Hilol" (4 iyul, 23:59);

"Palmeyras" - "Chelsi" (5 iyul, 06:00);

"PSJ" - "Bavariya" (5 iyul, 21:00);

"Real" Madrid - "Borussiya" Dortmund (6 iyul, 01:00).

Kiritildi: 09:25 02.07.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!