Joriy yilning 26 may kuni soat 13:20larda, Marhamat tumani "Dukchi Eshon" MFY Ipak yo‘li ko‘chasida haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan I.F. o‘zining "Cobalt" rusumli avtomashinasini qatnov qismining chetiga qo‘yib tushlik qilish uchun oshxonaga kirib ketgan vaqtida, ob-havo keskin o‘zgarib, kuchli shamol esishi oqibatida chinor daraxti ushbu avtomashina ustiga qulab tushgan.
Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, avtomashina texnik shikastlangan.