Hukumat qarori (475-son, 30.07.2025 y.) bilan “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibini belgilaydi.
✅ Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:
🔹 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;
🔹 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;
🔹 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.
📝 Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.
🚫 Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.