Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kubadagi aholi punktlarining 70 foizida elektr ta’minoti tiklandi

Kubadagi aholi punktlarining 70 foizida elektr ta’minoti tiklandi

Kubadagi aholi punktlarining 70 foizida elektr ta’minoti tiklandi.

"Ketma-ket ikkita uzilishlardan so‘ng mamlakatda energiya qayta tiklandi", deb xabar bermoqda Reuters. Hukumatning elektr tarmoqlari operatori Gavananing ba’zi hududlarida elektr ta’minoti 21 oktyabrda tiklanganini e’lon qildi. Reuters agentligining qayd etishicha, shaharning eng kambag‘al mahallalarida bir necha bor norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.

Biroq, “Oskar” to‘foni kuchli suv toshqiniga sabab bo‘lgan va jiddiy zarar yetkazgan janubi-sharqiy Guantanamo provinsiyasida elektr ta’minoti hali tiklangani yo‘q. Hududda daraxtlar qulagan, elektr uzatish liniyalari shikastlangan. Tabiiy ofat qurbonlari soni yetti kishiga yetdi, ular orasida besh yoshli bola ham bor. To‘fon ta’mirlash ishlariga va elektr energiyasini tiklashga xalaqit bermoqda.

Kiritildi: Bugun 11:12. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!