Kubaning Matanzas provinsiyasidagi neft omborida yong‘in sodir bo‘lgan joyda to‘rt kishining jasadi topildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xose Portal ma’lum qildi.
"Juma kuni soat 16:00 da voqea joyida olib borilgan ishlar to‘rt xil odamga tegishli suyak qoldiqlarining birinchi bo‘laklarini aniqlash imkonini berdi”, — deyiladi RIA Novosti xabarida .
Portalning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida qidiruv ishlari davom etmoqda.
Avvalroq Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel 5 avgust kuni Matanzas provinsiyasidagi neft omborida yuz bergan yirik yong‘in o‘chirilganini ma’lum qilgandi.