Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Kuba sog‘liqni saqlash vazirligi neft omboridagi yong‘inda 16 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

A A A
Kuba sog‘liqni saqlash vazirligi neft omboridagi yong‘inda 16 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Kubaning Matansas provinsiyasidagi neft omborida yuz bergan kuchli yong‘inda kamida 16 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Kuba sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“18 avgust holatiga ko‘ra, 146 kishi jarohatlangan, ulardan 18 nafari shifoxonalarda, 16 kishi vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hodisada jabrlangan 112 kishi allaqachon shifoxonalardan chiqarilgan.

Avvalroq Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel 5 avgust kuni Matansas provinsiyasidagi neft omborida yuz bergan yirik yong‘in o‘chirilganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 08:17 19.08.2022. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!