Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Vashingtonning o‘z mamlakatiga qarshi harbiy tahdidlari misli ko‘rilmagan darajaga yetganini e’lon qildi.
Kuba rahbari bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Amerika prezidenti Kubaga qarshi qurolli tajovuz tahdidlarini xavfli va misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarmoqda. Xalqaro hamjamiyat bunga jiddiy e’tibor qaratishi va Amerika xalqi bilan birgalikda kichik, ammo badavlat va ta’sirchan guruh manfaatlariga xizmat qilish uchun bunday radikal jinoiy harakatni sodir etish maqbulmi yoki yo‘qligini hal qilishi kerak”, deb ta’kidladi u.
Dias-Kanel shuningdek, Kuba xalqi o‘z mamlakatini himoya qilishga tayyorligini va “qanchalik kuchli bo‘lmasin, tajovuzkorga” taslim bo‘lish niyatida emasligini ta’kidladi.
Avvalroq Politico AQSh ma’muriyatidagi manbalarga tayanib, Vashington Kubada amaldagi hukumatni ag‘darish uchun harbiy operasiya o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmayotganini xabar qilgan edi.