Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Kuba AQShning qamalidan chiqish uchun Vatikandan yordam so‘radi

Kuba AQShning qamalidan chiqish uchun Vatikandan yordam so‘radi

Kuba AQShning qamalidan chiqish uchun Vatikandan yordam so‘radi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Qo‘shma Shtatlarning iqtisodiy bosimi ostida qolgan Kuba hukumati 27 mart kuni inqirozdan chiqish uchun Vatikandan rasman vositachilik qilishni so‘radi, deya xabar bermoqda gazeta.

Tramp ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan neft blokadasi Kuba iqtisodiyotini falaj holatga keltirgan. Kubada yonilg‘i tanqisligi shunchalik jiddiyki, hatto moliyalashtirilgan insonparvarlik yordamlari ham portlarda qolib ketmoqda.

Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges yaqinda Vatikanda Papa Leo XIV bilan uchrashib, Vashington bilan muloqot o‘rnatishda yordam so‘ragan. Kuba tomoni xayrixohlik belgisi sifatida 51 nafar mahbusni ozod qilishini ma’lum qildi.
Biroq Oq uy hozircha yon berish niyatida emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Kuba hukumatini “o‘z-o‘zidan qulash arafasida” deb hisoblamoqda va Vatikanning muloqot haqidagi chaqiriqlariga qaramay, bosimni susaytirmoqchi emas.

Vatikan avval ham AQSh va Kuba o‘rtasidagi munosabatlarni yumshatishda, xususan, 2016-yilda Barak Obamaning tarixiy tashrifini tashkil etishda muhim rol o‘ynagan edi. Ammo bu galgi neft blokadasi Kubani 1990-yillardagi Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyingi davrdagidek eng og‘ir inqirozga yetaklagani aytilmoqda.

Ayni paytda Kuba harbiylari AQShning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabarlar bor. Mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlik AQShning Venesueladagi harbiy amaliyotdan so‘ng kuchaygan.

Kiritildi: Bugun 09:32. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!