Kuba Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga qarshi ehtimoliy AQSh hujumi bo‘lgan taqdirda, Gavana o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanishini ma’lum qildi.
«Agar Kubaga hujum qilinsa, u qonuniy mudofaa huquqini ishga soladi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Bayonot Kuba tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Karlos de Kossioning so‘zlaridan keyin e’lon qilindi. U Vashingtonni Kubaga qarshi harbiy bosimni oqlashga urinishda aybladi.
Diplomatning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan aytilgan ayblovlar tobora ishonchsiz tus olmoqda. U, shuningdek, Kuba hujum ostidagi davlat sifatida faqat o‘zini himoya qilish tamoyili asosida harakat qilishini aytdi.