Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

"Kristal Pelas" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi Angliya kubogi finali qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

"Kristal Pelas" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi Angliya kubogi finali qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Angliya futbol assosiasiyasi rasmiy saytida "Kristal Pelas" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi kubok finali haqida e’lon berildi. Kubok uchun bahs 17 may, shanba kuni "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi. Hakam Britaniya vaqti bilan 16:30 da (Toshkent vaqti bilan 20:30) start hushtagini chaladi.

Angliya kubogi g‘olibi sovrin va 2 million funt oladi. Finalda mag‘lub bo‘lgan klub byudjetini 1 million funtga to‘ldiradi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya kubogining amaldagi g‘olibi "Manchester Yunayted" hisoblanadi. 2024 yilgi finalda "qizil iblislar" qo‘shni "Manchester Siti"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Kiritildi: 19:47 03.05.2025. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!