Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Portugaliya yoshlar terma jamoasida debyut qildi.
Kichik Krishtianu Ronaldu Vlatko Markovich nomidagi turnir doirasida Yaponiya U15 terma jamoasiga qarshi o‘yinda (4:1) ishtirok etdi. U 53-daqiqada hisob 3:0 paytida maydonga tushdi - bu vaqtda Rafael Kabral xet-trik qayd etgandi.
Krishtianu otasi kabi 7-raqamda o‘ynamoqda. "Portugaliya terma jamoasidagi debyuting bilan tabriklayman, o‘g‘lim. Sen bilan juda faxrlanaman," - deb yozdi katta Krishtianu Ronaldu.
Portugaliya U-15 terma jamoasi 14 may kuni Gresiya terma jamoasi bilan, 16 may kuni esa Angliya bilan to‘qnash keladi.