Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan yana bir yoki ikki yillik shartnoma imzolaydi

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan yana bir yoki ikki yillik shartnoma imzolaydi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda mashhur insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoq X'da xabar berdi.

Romano ma’lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli Ronaldu «An-Nasr» bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda. Hozirda rasmiy hujjatlar tekshiruv jarayonida, kelishuvning so‘ngi tafsilotlari muhokama qilinmoqda. Yangi shartnoma bir yoki ikki yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shuningdek, Ronaldu istasa, 2027 yil iyuniga qadar jamoa safida o‘ynashi mumkinligi qayd etilgan.

O‘tgan mavsumda «An-Nasr» hech qanday sovrin yutolmadi. Saudiya Arabistoni chempionatida jamoa 70 ochko to‘plab, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Krishtianu Ronaldu 2023 yil yanvaridan beri ushbu klub sharafini himoya qilmoqda. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda jami 35 ta gol va 4 ta assistga erishdi.

Bugun, 25 iyun kuni «An-Nasr» jamoasi italiyalik mutaxassis Stefano Piolining bosh murabbiylik lavozimidan ketganini e’lon qildi.

Kiritildi: 23:39 25.06.2025. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!