Kremlning Tramp va Putin suhbati bo‘yicha dastlabki izohlari:
- Putin va Tramp telefon orqali Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan batafsil va ochiq fikr almashishni davom ettirishdi;
- Putin Trampga chorshanba kuni Rossiya va Ukraina asirlarni «175 ga 175» formulasi bo‘yicha almashishi bo‘yicha ma’lumot berdi;
- Ikkala tomon ham global xavfsizlikka bo‘lgan mas’uliyatni inobatga olgan holda, o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qiziqish bildirdi;
- Putin Trampning Qora dengizdagi kemalarning xavfsizligini ta’minlash tashabbusiga «konstruktiv munosabat» bildiradi;
- Putin Trampga Ukrainada barqaror tinchlikni hal qilish yo‘llarini birgalikda ishlab chiqishga tayyor ekanligini bildirdi. Rossiya va AQSh «Ukraina muammosini hal qilish bo‘yicha ekspertlar guruhlarini» tashkil etadi;
- Putin Trampning Rossiya va Ukraina energetik infratuzilmasiga zarba bermaslik bo‘yicha 30 kunlik o‘zaro kelishuv g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va bu bo‘yicha harbiylarga tegishli buyruq berdi;
- Ukrainadagi muammoni hal etishda inqirozning asl sabablarini bartaraf etish va Rossiyaning xavfsizlik borasidagi qonuniy manfaatlarini hisobga olish zarur;
- Putin Trampga Kiyevga xorijiy harbiy yordam va razvedka ma’lumotlarini berishni to‘liq to‘xtatish Ukrainadagi mojaroning yanada avj olib ketmasligi uchun eng muhim shart ekanini aytdi;
- Trampning 30 kunlik otashkesim g‘oyasi haqida: «AQSh prezidentining 30 kunlik sulh tashabbusi doirasida Rossiya tomonidan bir qator muhim masalalar ilgari surildi. Shu jumladan, butun front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochish to‘xtatilishini nazorat qilish mexanizmlarini yaratish, Ukrainada majburiy safarbarlikni va ukrain armiyasini qayta qurollantirish jarayonini to‘xtatish zarurligi qayd etildi»;
- Donald Tramp Vladimir Putinning AQSh va Rossiya NXL va KXL xokkeychilar ligalari o‘rtasida do‘stona o‘yinlar tashkil qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.