Putin va Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish zarur, lekin unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilishi kerak – Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Dmitriy Peskovning boshqa bayonotlari:
◾️ “Germaniya uchun muqobil” partiyasining “ekstremistik tashkilot” sifatida tan olinishi bilan bog‘liq vaziyatga aralashmaydi, chunki bu Germaniyaning ichki ishi;
◾️ Kreml Ukraina va AQSh o‘rtasidagi foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv mazmuni bilan tanish emas;
◾️ Rossiya Germaniya yangi kansleri Fridrix Mersning harakatlarini kuzatadi, ammo u hanuz munosabatlarni normallashtirish istagini bildirmadi;
◾️ Kreml Hindiston va Pokiston chegarasidagi keskin vaziyatni katta xavotir bilan kuzatmoqda;
◾️ Putinning ish jadvalida hozircha may oyi o‘rtalarida Yaqin Sharqqa safar rejalashtirilmagan;
◾️ Rossiya barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarga tayyor.