Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kreml: Putin va Tramp AQShdagi prezidentlik saylovidan keyin gaplashmagan

A A A
Kreml: Putin va Tramp AQShdagi prezidentlik saylovidan keyin gaplashmagan

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov The Washington Post nashrining 7 noyabr kuni Putin va Trampning telefon orqali muloqot qilgani haqidagi xabariga shunday izoh berdi.

"Bu ma’lumotlar sifatining eng yaqqol misoli bo‘lib, ba’zida hatto hurmatli nashrlarda ham e’lon qilinadi. Bu mutlaqo yolg‘on ma’lumot", — deya ta’kidladi Putinning matbuot kotibi.

Peskov, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasidagi telefon suhbatiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani yo‘qligini aytdi. Bir kun oldin Shols Putin bilan muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 16:12 11.11.2024. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!