Rossiya prezidenti Vladimir Putin "odatda telefonda yordamchilarsiz gaplashadi, biroq zarur bo‘lsa ularni chaqirish mumkin," deb aytdi Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Vladimir Putinning AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden bilan teleko‘prigi paytida Rossiya rahbari yonida birorta ham yordamchi bo‘lmagan, Amerika prezidentini esa butun boshli maslahatchilar guruhi o‘rab turgan."
"Odatda prezident (Vladimir Putin) telefon orqali suhbatlashayotganda, uning yonida hech kim bo‘lmaydi. Ko‘pincha shunday bo‘ladi. Ammo zarurat tug‘ilganda, albatta, davlat rahbari u yoki bu masalalarni muhokama qilish uchun zarur deb bilgan yordamchilarini taklif etadi," dedi Peskov.
Shuningdek, u Putin va Donald Trampning telefon suhbati ohangi "har ikki tomondan ham konstruktiv, ishchan va xayrixohlik bilan o‘tganini" ta’kidladi.