Moskva va Tehron Erondagi norozilik namoyishlari atrofidagi vaziyat bo‘yicha pozisiyalari birligini tasdiqladi.
Kreml matbuot xizmati tarqatgan qo‘shma bayonotda ta’kidlanishicha, ikkala davlat ham Eron atrofidagi va umuman mintaqadagi keskinlikning tezroq pasayishi tarafdori.
Tomonlar barcha masalalarni faqat tinch, siyosiy-diplomatik vositalar bilan hal qilish zarurligini ta’kidladilar.